EChL. «Liverpul» so'nggi turda durang o'ynadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Evropa chempionlar ligasi "D" guruhidan o'rin olgan so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Nimchorak final yo'llanmasini hal qilib bo'lgan "Liverpul" Daniyada "Midtyulland" klubi mehmoni bo'lib, g'alabani qo'ldan chiqardi.
Bahsning 1-daqiqasidayoq Muhammad Saloh hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida esa mersisaydliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Aleksander Sholts undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Daniyaliklar o'yin oxirigacha hisobni ushlab qolib, guruh bosqichida ikkinchi ochkoni qo'lga kiritishdi.
Evropa chempionlar ligasi, "D" guruhi, 6-tur
Midtyulland Daniya – Liverpul Angliya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 1 Salax, 1:1 – 62, penalti Sholts.
Midtyulland – Xansen, Sholts, Svyatchenko, Kols, Paulino Silva, Kayuste, Evander (Madsen, 90), Oneka (Isaksen, 63), Mabil (Anderson, 64), Dreyer (Sisto, 76), Kaba (Pfayffer, 90).
Liverpul – Kellexer, Uilyams, Aleksander-Arnold, Tsimikas (Robertson, 61), Fabino (Kumetio, 46), Minamino, Klarkson, Salax, Keyta (Xenderson, 61), Diogu Jota (Mane, 87), Origi (Firmino, 71).
Ogohlantirishlar: Oneka (9), Kols (31), Kellexer (61), Anderson (81).

Bosh sahifaga
389