EChL. «PSJ» «Istanbul»ni yirik hisobda mag'lub etib, guruh g'olibiga aylandi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 455

Evropa chempionlar ligasi "H" guruhidan o'rin olgan «Pari Sen-Jermen» va «Istanbul» jamoalari o'rtasidagi kechagi to'xtab qolgan o'yin bugun 14-daqiqadan boshlab davom ettirildi.
Parijliklar tez orada Neymarning goli evaziga hisobni ochishdi. Ko'p o'tmasdan braziliyalik futbolchining o'zi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo'lim tugash arafasida turkiyaliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Kilian Mbappe undan samarali foydalandi.
Ikkinchi bo'limda Neymar va Mbappe yana bittadan gol muallifiga aylanishgan bo'lsa, "Istanbul" bitta javob to'pini kiritdi.
Shu tariqa, "PSJ" o'z ochkolarini 12taga etkazib, guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Evropa chempionlar ligasi, "H" guruhi, 6-tur
PSJ Frantsiya – Istanbul Turkiya 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 21 Neymar, 2:0 – 37 Neymar, 3:0 – 42, penalti Mbappe, 4:0 – 50 Neymar, 4:1 – 57 Topal, 5:1 – 62 Mbappe.
PSJ – Navas, Kimpembe (Diallo, 80), Florentsi (Pembele, 80), Markinos (Kerer, 67), Bakker, Rafinya (Di Mariya, 46), Danilu Pereyra, Verratti (Guye, 80), Paredes, Mbappe, Neymar.
Istanbul – Gyunok, Karlush Ponk, Kaldiiriim (Bolingoli-Mbombo, 68), Rafael (Juliano, 68), Qaxveji, Topal, Tekdemir (Shadli, 89), Ozdjan, Tyuryuch, Krivelli (Ba, 68), Gulbrandsen (Kaplan, 80).
Ogohlantirishlar: Tekdemir (10), Rafael (12), Gyunok (42), Krivelli (63), Pembele (90).

Bosh sahifaga
168