Gasperini «Atalanta»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

«Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi yakuniga etganidan so'ng jamoani tark etishi mumkin.
"Sport Mediaset" tarqatgan xabarga ko'ra, mutaxassisning iste'fosiga o'yinchilar orasida yuzaga kelgan mojaro sabab bo'lishi mumkin. Hozirda jamoa ikkiga bo'lingan: bir guruh futbolchilar Gasperinining qolishini istashmoqda, ikkinchi yarmi uning ketishini xohlashmoqda.
Ushbu mojaro EChLning 5-turi doirasida bo'lib o'tgan "Midtyulland"ga qarshi o'yin davomida yuzaga kelgan edi. Jamoa sardori Alexandro Gomes taktik ko'rsatmalarni bajarishdan bosh tortgani uchun murabbiy uni tanaffusda almashtirishga qaror qilgan edi. Ba'zi o'yinchilar ushbu vaziyatda Gomes tomoniga o'tib olishdi.
Gasperini "Ayaks"ga qarshi bahsdan keyingi matbuot anjumanida o'z kelajagi borasida bayonot berishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
166