Dragan Cheran O'zbekistondagi faoliyatida 100-golni urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Serbiyalik futbolchi Dragan Cheran kecha o'zining O'zbekistondagi yubiley golini urishga erishdi.
"So'g'diyona" darvozasiga kiritilgan to'p Cheranning 2016 yilning yozidan buyon O'zbekistonda davom etib kelayotgan faoliyatida 100-to'p bo'ldi. Bulardan 81 golni u Superligada, 6tasini Osiyo Chempionlar Ligasi va qolgan 13tasini O'zbekistondagi kubok musobaqalarida urishga erishgan. Jamoalar bo'yicha hissaga qaraydigan bo'lsak, "Paxtakor"da 60ta, "Nasaf"da esa 40 gol muallifiga aylangan.
"Sherlar" safida Cheran Superligada 47 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. 9 marta O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi bahslarida zafar quchgan bo'lsa, 4 safar Chempionlar Ligasida o'z hisobiga gol yozib qo'ygan. "Nasaf" tarkibida esa Superligada 34ta, O'zbekiston Kubogida 4ta va Chempionlar Ligasida 2 bor to'p kiritgan.


Bosh sahifaga
166