"Navbahor" PFKdan muxlislar uchun qulaylik!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322
50
Xabaringiz bor, O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan bahsda "Navbahor" o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi.
"Navbahor" PFK rahbariyati klubning ashaddiy va fidoiy muxlislariga hurmat saqlagan holda, "Navbahor" - "Nasaf" o'yinini bepul etib belgiladi. Mazkur uchrashuvga chiptalar chiqarilmaydi hamda jamoamizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlab, g'alabasiga madadkor bo'lishni xohlagan muxlislar 12 dekabr kuni "Markaziy" o'yingohga erkin holda tashrif buyurishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" bahsi 12 dekabr kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohda soat 16:00 da boshlanadi.
"Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
198