EChL. «Barselona» so'nggi 14 yilda ilk marta guruhda 2-o'rinni egalladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turida "Barselona" o'z uyida "Yuventus"ga 0:3 hisobida yutqazib, o'z guruhida 2-o'rinni egalladi. Har ikki jamoa bir xil 15 ochko jamg'arishdi, o'zaro o'yinda qayd etilgan natijalarga ko'ra turinliklar guruh peshqadamiga aylanishdi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar so'nggi 14 yil ichida ilk marta Chempionlar ligasi guruh bosqichini 2-o'rinda yakunlashdi. "Barsa" 2006 yilda guruh bosqichida "Chelsi"dan 2 ochko kam jamg'arishgan edi. Jamoa o'shanda nimchorak finalda "Liverpul"ga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198