«PSJ» — «Istanbul» o'yinining davomini boshqa hakamlar boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 494

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan «PSJ» va «Istanbul Bashakshehir» jamoalari o'rtasidagi bahs kecha zaxira hakami tomonidan irqchilikka yo'l qo'yilgani uchun oxiriga etmay qolgan edi.
Bahsning 14-daqiqasida to'rtinchi hakam Sebastyanu Koltsesku istanbullikliklar yordamchi murabbiyi Pera Veboni rumin tilida "negru" deb haqorat qildi. Mutaxassis hakamga e'tiroz bildirgani uchun bosh hakam Ovidiu Xatsegan "Istanbul" murabbiyiga qizil kartochka ko'rsatdi.
Shundan so'ng muhokamayu munozaralar 9-10 daqiqa davom etdi. Shundan so'ng uchrashuvning 23-daqiqasida avval "Istanbul", so'ngra "PSJ" futbolchilari maydonni tark etishdi.
O'yin bugun davom ettiriladi. Uchrashuvni esa boshqa hakamlar boshqarib borishadi. Niderlandiyalik Danni Makkeliga qanotlarda vatandoshi Mario Diks va polshalik Martsin Bonek yordam berishadi. To'rtinchi hakam — Bartosh Frankovski (Polsha).
VAR tizimida italiyalik Marko Di Bello ishlaydi. Unga Mauritsio Mariani assistentlik qiladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi.
Manba: sport24.ru
Bosh sahifaga
238