Erdo'g'an: "Turkiya irqchilikda ayblangan hakamga qarshi chora ko'rilishiga umid qilmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2141

Turkiya prezidenti Toyib Erdo'g'an UEFA Turkiyaning "Istanbul" va Frantsiyaning "PSJ" jamoalari o'rtasidagi o'yinda irqchilikni namoyish qilganlikda ayblanayotgan hakamga qarshi kerakli choralarni ko'rishiga umid bildirdi.
"Men "Istanbul" jamoasi texnik a'zolaridan biri Per Veboga qarshi qilingan irqchilik bayonotlarni qoralayman. UEFA zarur choralarni ko'rishiga ishonaman. Biz sportda va hayotning boshqa barcha sohalarida irqchilik va kamsitishlarga so'zsiz qarshi chiqamiz", deb yozgan Turkiya rahbari o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196