"Yuventus" rahbariyati hakamlarni haqorat qilgani uchun diskvalifitsiyaga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2166

Turinning "Yuventus" klubi direktorlari Pavel Nedved va Fabio Paratichilar A Seriya doirasida "Torino" (2:1) klubiga qarshi o'tkazilgan bahsda hakamlarni haqorat qilishgani uchun diskvalifitsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bosh hakam o'yin protokoliga Nedved va Paratichi bir necha marotaba haqorat qilganini yozib qo'ygan. Nedved 21 dekabrgacha chetlatildi va 10 ming evro jarimaga tortildi. Paratichi esa 14 dekabrgacha diskvalifitsiya qilindi.
Shuningdek, "Yuventus" zahira darvozaboni Karlo Pinsolo ham diskvalifikatsiyaga uchradi. U turinliklarning keyingi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197