"Borussiya" ustozi: "Musobaqa biz uchun omadsiz boshlangandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 959

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr EChL doirasida «Zenit» (2:1) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yin oson bo'lmasligi aniq edi. «Zenit» yaxshi jamoa . Bu erda o'ynash doim qiyin bo'lgan. Ijobiy natijani qo'lga kirita oldik. Ikkinchi golda omadimiz keldi. Yakunda guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Turnirning starti biz uchun omadsiz boshlangandi, yakunda esa ijobiy yakunladik. Bu bilan futbolchilarimni tabriklayman.
Albatta, tarkib borasida muammolarimiz bor edi. Lekin, ularni bartaraf qilishga erishdik. Tanaffusdan oldin gol kiritishga muvaffaq bo'ldik. Tanaffusdan keyin yaxshi o'ynashni boshladik, hisobni tenglashtirdik va oldinga chiqib oldik. Futbolchilar bor kuchini ishga soldi», - dedi Favr.

Bosh sahifaga
195