Tezkor! "PSJ" - "Istanbul" uchrashuvi to'xtatildi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339

EChLning 6-tur doirasida Frantsiyaning «PSJ» klubi o'z maydonida Turkiyaning «Istanbul» klubini qabul qilmoqda.
Ayni paytda uchrashuvning 23-daqiqasi o'tib borayotgandi, biroq, turkiyaliklar futbolchisi Demba Ba nisbatan irqchilik ruhdagi munosabat bo'lgani uchun o'yin to'xtatildi.
Taxminlarga ko'ra, hakamlardan biri Baga nisbatan "negr" so'zini ishlatgan. Bu esa umumiy norozilikni keltirib chiqardi. Natijada "Istanbul" futbolchi va murabbiylar maydonni tark etishdi. Ularning ortidan esa "PSJ" ham maydonni tark etdi.
O'yin davom etadimi yoki yo'qmi, noma'lum. Futbolchilarning maydonga qaytmasliklari ehtimoli 90 foizni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195