Pinsolodan so'ng «Yuventus»ning yana ikki a'zosi jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588

Turin derbisidagi kichik janjaldan so'ng «zebralar»ning yana ikki a'zosiga nisbatan chora ko'rildi.
Klubning sport direktorlari Pavel Nedved va Fabio Paratichi ham uchrashuvdan so'ng derbini boshqarib borgan hakamni haqorat qilganliklari ma'lum bo'lmoqda. Unga ko'ra Nedved 21 dekabrgacha klubning o'yinlarida ishtirok eta olmaydi va 10 ming evro miqdoridagi jarimani to'lashiga to'g'ri keladi. Paratichi uchun esa 14 dekabrgacha jamoa qarorgohiga kelishi mumkin emas.
Bundan sal avval hakamni haqorat qilgani uchun jamoaning 3-darvozaboni Pinsologa ham jarima belgilangani haqida xabar bergan edik.
Manba: tuttosportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233