O'zbekiston Kubogi. AGMK "Lokomotiv"ga imkoniyat qoldirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 971

O'zbekiston Kubogi nimchorak final doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi bahsda g'alabani tantana qilgan AGMK chorak finalga yo'llanma oldi.
Toshkentda kechgan bahsda jamoamiz to'liq tashabbus bilan harakat qildi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujumga otlangan AGMK qator vaziyatlar yaratdi. Bellashuvning 22-daqiqasida Mate Vatsadze hujumni unumli yakunlab, bahsda hisobni ochdi. Tanaffusga qadar bir nechta xavfli vaziyatlar yaratildi. "Lokomotiv" himoyasi va darvozabon hujumlarimizni bartaraf etdi. Ikkinchi taym ham jamoamiz hujumlari bilan boshlandi. O'yinning 60-daqiqasida burchak zarbasini amalga oshirgan jamoamiz raqib darvozasini ishg'ol etdi. G'ofurovning uzatmasidan so'ng Sardor Rahmonov bosh bilan gol urdi. Oradan 4 daqiqa o'tar-o'tmas Bahrom Abdurahimov raqib mudofasiga bosim uyushtirib, to'pni olib qo'ydi va darvozabonni dog'da qoldirdi. Shu tariqa AGMK Toshkentda "Lokomotiv" ustidan yirik g'alabani tantana qilib, O'zbekiston Kubogi chorak finaliga chiqdi.
Mazkur o'yin AGMK uchun O'zbekiston Kubogi doirasidagi 45-bahs bo'ldi va 18-g'alabani tantana qildi. Jamoamiz qatorasiga uchinchi yil O'zbekiston Kubogi chorak finaliga yo'llanma oldi.
O'zbekiston kubogi, 1/8 final.
8 dekabr, seshanba
"Lokomotiv" — AGMK 0:3
Gollar: Vatsadze (22), Rahmonov (60), Abdurahimov (64).
Toshkent shahri, "Lokomotiv" o'yingohi.
Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Ahmadjon Ergashev
«Lokomotiv» (4-3-3) — 35.Javohir Ilyosov - 28.Shuhrat Muhammadiev, 80.Farruh Ibrohimov, 52.Jaloliddin Jumaboev, 37.Sherzod Fayziev (Abdumo'minov, 73) - 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin (Alijonov, 62), 20.G'ulomhaydar Gulyamov - 77.Diyor Turopov, 10.Marat Bikmaev (Pogrebnyak, 62), 14.Aziz Amonov (O'lmasaliev, 73)
Zaxira: 14. Rustam Nartadjiev, 4.Shahzod Shaymanov, 17.Saveliy Abramov, 26.Dilshod Komilov, 70.Shohjahon Qilichev.
AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 2.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo'ldoshev (Umarov, 81), 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (Qosimov, 74), 18.Bahrom Abdurahimov (Jo'raev, 86) - 94.Husniddin G'ofurov (Amanov, 81), 21.Mate Vatsadze (Polvonov, 74), 7.Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 10.Shahzod Nurmatov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 31.Saydullo Rahmatov.
Ogohlantirishlar: Javohir Ilyosov (30), G'ulomhaydar Gulyamov (72) - Bobur Yo'ldoshev (78).
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Bosh sahifaga
246