«Krasnodar»ga qarshi bahs oldidan «Chelsi»da yo'qotishlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 415

«Krasnodar»ga qarshi bahs oldidan Frenk Lempard jamoasida bir qator yo'qotishlar borligi ma'lum bo'lmoqda.
Jamoa yarimhimoyachisi Hakim Ziesh jarohati sabab uchrashuvni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Bundan avvalroq esa hujumchi Kallum Hudson Odoyining ham jarohat olgani aytilgan edi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ziesh «Lids»ga qarshi o'yinda jarohat olib almashtirilgan edi. Xabarlarga ko'ra u endi yaqin haftalar oralig'ida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma'lumot uchun, Ziesh jarohati bilan Angliyaga ko'chib o'tgandi va debyutini «Soutgempton»ga qarshi amalga oshirgan. U shu paytgacha «aristokratlar» safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urib, 3 ta golga assist bergan.
Manba: goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217