Vladimir Andreev: "Yosh futbolchilarimizga tajriba etishmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

O'zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 final doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Surxon” uchrashuvidan keiyngi matbuot anjumanining birinchi qismida “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Andreev ishtirok etdi.
- Nima desam bo'ladi. O'zingiz ko'rdingiz,bugun tarkibimizd katta o'zgarishlar bo'ldi. Yoshlarni sinab ko'rdik. Ular uchun ham bu katta maktab bo'ldi. “Qo'qon-1912” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun boricha, kuchimiz etgancha o'ynadik. Gol o'tkazib yuborguncha hammasi yaxshi bo'layotgandi. Yosh futbolchilarimizga tajriba etishmadi.
Ayni damda jamoamiz safida maydonga tushgan ko'plab futbolchilar kelajakda yaxshi o'yinchi bo'lib etishiga ishonaman. Surxondaryo har doim yaxshi futbolchilarni etishtirib bergan.
Qo'qonga nima sababdan asosiy tarkibimiz kelmadi? Ayrim futbolchilarning chiptasi bor edi. Ba'zi futbolchilarda mikro jarohat bor, shunga o'xshash muammolar jamoamizda bor edi. Ochig'i bu savolga aniq javob berolmayman.

Bosh sahifaga
220