"Chelsi" himoyachisi murabbiylik uchun o'qishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251

Londonning "Chelsi" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tyago Silva Braziliya Futbol Konfederatsiyasi akademiyasi tomonidan o'tkaziladigan murabbiylik kurslarida ro'yxatdan o'tdi.
36 yoshli futbolchi hali faoliyatini yakunlash niyatida emas, biroq, murabbiylik sohasiga biroz ertaroq tayyorlanmoqchi.
Silvaning qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan "B" toifali litsenziyasi unga yoshlar jamoalari va quyi divizion klublarida ishlash huquqini beradi.
Eslatib o'tamiz, Silvaning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325