«MYu» EChLning hal qiluvchi o'yini oldidan ikki asosiy hujumchisidan ayrildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

"Manchester Yunayted" hujumchilari Edinson Kavani va Antoni Marsyal Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, har ikki futbolchi jarohat olgan. Shu bois, ular jamoa bilan Germaniyaga borishmaydi.
"RB Leyptsig" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 9 dekabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Dastlabki 5ta o'yindan keyin "Manchester Yunayted" va "RB Leyptsig" klublari hisobida 9tadan ochko mavjud. Mazkur o'yinda mankunianliklarni durang natija ham qanoatlantiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210