«Qo'qon-1912» yana bir legioner futbolchi bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

Coca Cola superligasida o'z ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlagan "Qo'qon-1912" jamoasi kot-d'ivuarlik legioner Yakuba Bamba bilan xayrlashdi.
Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida afrikalik legioner mavsumni yaxshi o'tkazdi. Bamba jamoada o'zining intizomi hamda odobi bilan barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Bu yilgi qiyin pandemiya sharoitida barcha legioner futbolchilar kabi salkam bir yil o'z oilasidan yiroqda yashashga majbur bo'lgan Yakuba Bamba kecha Toshkent-Istanbul-Abidjan yo'nalishi bo'yicha o'z yurtiga jo'nab ketdi. Jamoa rahbarlari, murabbiylar va barcha futbolchilar Yakuba Bamba bilan do'stona xayrlashishdi. Klub va Bamba o'rtasida tuzilgan shartnoma muddati o'z yakuniga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213