Ronaldu «Barselona»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

"Yuventus" klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi. Turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Kamp Nou"da bo'ladigan o'yinga 23 nafar futbolchi bilan yo'l oladigan bo'ldi.
"Barselona"ga qarshi Turindagi bahsda ishtirok etmagan Krishtianu Ronaldu bu safar qaydnomadan o'rin oldi.
"Yuventus"ning "Barselona"ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan ro'yxati:
Darvozabonlar: Voytsex Shchesni, Janluidji Buffon, Karlo Pinsolo
Himoyachilar: Matteys de Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi, Radu Dragushin, Janluka Frabotta
Yarim himoyachilar: Artur, Aaron Remzi, Ueston Makkenni, Federiko Keza, Adrien Rabo, Bentankur, Bernardeski, Portanova, Deyan Kulusevski
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Alvaro Morata, Paulo Dibala, Kozimo Marko da Grasa

Bosh sahifaga
200