Jasur Yaxshiboev — 3ta nominatsiya bo'yicha «Energetik-BGU»ning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 591

Belarusning «Energetik-BGU» klubi turli nominatsiyalar bo'yicha jamoaning 2020 yildagi eng yaxshi o'yinchisini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazdi. O'zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboev 3ta nominatsiya bo'yicha jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Jasur yanvar oyida "talabalar" safiga qo'shilib, yarim mavsum to'p tepganiga qaramay, u klubning eng yaxshi legioneri deb topildi. O'tkazilgan so'rovnomada 46% ovoz to'pladi.
Yaxshiboev aslida chap qanot yarim himoyachisi bo'lsa-da, "Energetik" bosh murabbiyi uni hujum chizig'ida sinab ko'ra boshladi. Bu tajriba o'zini oqladi. U "talabalar" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi. Shu bois, u "Energetik-BGU"ning 2020 yildagi eng yaxshi hujumchisi deb topildi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 50 foizi unga ovoz berishdi.
Nihoyat, Jasurbek Yaxshiboev «Energetik-BGU»ning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham qo'lga kiritdi. So'rovnoma yakunida u 22 foizga ega bo'ldi.

Bosh sahifaga
198