O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 617

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2022 yilgi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib boradi.
Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar terma jamoamiz «Chig'atoy» bazasida 10-17 dekabr kunlari mashg'ulot o'tkazadi.
Kelasi yili sentyabr oyida bo'lib o'tadigan saralash turnirini O'zbekistonda qabul qilish bo'yicha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga murojaat yo'llagan. Saralash bahslari mezbon mamlakatlar nomi va qur'a tashlash marosimi kelasi yili mart-aprel oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Murabbiylar shtabi bu yil hisobidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'iniga 23 futbolchini jalb etgan.
Yig'inga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:
1. Gulandon Boymatova
2. Zarina Saidova
3. Zuhraxon Abduraximova
4. Madina Hikmatova
5. Shodiya Tosheva
6. Mohira Jo'raboeva
7. Yulduz Hamdamov
8. Nozima Komoltoeva
9. Yulduz Nabieva
10. Madina Yusupova
11. O'g'iloy Ilasheva
12. Oybarchin Turg'unova
13. E'zoza Sharipova
14. Muxlisa Mardieva
15. Setora Takaboeva
16. Durdona Baxtiyorova
17. Gulchehra Eshmamatova
18. Madina Vohidova
19. Maftuna Panjieva
20. Nilufar Dadajanova
21. Dildora Ergasheva
22. Lianna Narbekova
23. Gulzoda Amirova

Bosh sahifaga
198