"Inter" tezroq Eriksendan qutilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Italiyaning «Inter» klubi o'z yarim himoyachisi Kristian Eriksendan qishki transfer bozorida tezroq qutilmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
«Neradzurrilar» rahbariyati kiyinish xonasidagi salbiy muhitga toqat qilishdan charchadi. Chunki, Eriksen va jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontelar o'rtasidagi nizo hali beri yakunlanadiganga o'xshamaydi. «Bolonya»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin daniyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyidan g'azablangandi.
Avvalroq, Eriksen Londonning «Arsenal» klubiga ko'chib o'tishga yaqin turgani haqida ma'lumot tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252