Bugun Evropada JCh-2022 saralashi uchun qur'a tashlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

Bugun Shveytsariyada Evropa terma jamoalari uchun JCh-2022 saralash bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Terma jamoalari besh yoki oltitadan 10 ta guruhga bo'linadi, har bir guruhning har bir savatchasida bittadan vakil bo'ladi. Millatlar Ligasi-2021 final bosqichi ishtirokchilari (Belgiya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya terma jamoalari) beshtadan terma jamoa joy olgan guruhga joylashadi. Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Birinchi savat: Belgiya, Frantsiya, Angliya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya.
Ikkinchi savat: Shveytsariya, Uels, Polsha, Shvetsiya, Avstriya, Ukraina, Serbiya, Turkiya, Slovakiya, Ruminiya.
Uchinchi savat: Rossiya, Vengriya, Irlandiya, Chexiya, Norvegiya, Shimoliy Irlandiya, Islandiya, Shotlandiya, Gretsiya, Finlyandiya.
To'rtinchi savat: Bosniya va Gertsegovina, Sloveniya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, Bolgariya, Isroil, Belarusiya, Gruziya, Lyuksemburg.
Beshinchi savat: Armaniston, Kipr, Farer orollari,Ozarbayjon, Estoniya, Kosovo, Qozog'iston, Litva, Latviya, Andorra.
Oltinchi savat: Malta, Moldova, Lixtenshteyn, Gibraltar, San-Marino.
Bir nechta terma jamoasi ma'lum sabablarga ko'ra bir guruhdan joy olmaydi:
Siyosiy tarafdan:
Ozarbayjon va Armaniston;
Gibraltar va Ispaniya
Kosovo hamda Bosniya va Gertsegovina
Kosovo va Rossiya
Kosovo va Serbiya
Rossiya va Ukraina.

Bosh sahifaga
250