Oston O'runov sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

«Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runov «Ufa»ga qaytishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, "Ufa" O'runovni qishki transfer vaqtida ijaraga olish yoki xarid qilish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'runovga Qozonning «Rubin» klubidan qiziqish bo'lmoqda.
O'runov Rossiya chempionati 2020/21 yilgi mavsumida 7 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq ularning faqat bittasida asosiy tarkibdan o'rin oldi. U shuningdek, Rossiya Kubogi doirasida bitta o'yin o'tkazib, «Spartak»dagi debyut golini urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248