Konte Eriksenni ustidan kulishda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Italiyaning «Inter» yarim himoyachisi Kristian Eriksen «Bolonya» klubiga qarshi o'yinda jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening hatti-harakatlaridan g'azablandi.
Eslatib o'tamiz, Konte Eriksenni uchrashuv yakunlanganligini bildiruvchi hushtak chalinishi arafasida maydonga tushirdi. O'shanda uchrashuvning 91-daqiqasi o'tib borayotgandi va «neradzurrilar» 3:1 hisobida oldinda borayotgandi.
Eriksen o'ziga nisbatan bunday munosabatni qabul qila olmaydi va qishda jamoani tark etishga astoydil bel bog'lagan. Mish-mishlarga qaraganda, daniyalik yarim himoyachi Angliya chempionatiga qaytmoqchi. Kristianga muntazam o'yin amaliyoti kerak, chunki Evropa Chempionatida ishtirok etishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205