Balotelli: "Montsa"ni A Seriyaga olib chiqaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli Italiya "B" Seriyaning «Montsa» klubi bilan shartnoma tuzishdan avvalgi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Avvalroq «Montsa» Mario Balotelli bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hozircha shartnoma shartlari ma'lum emas, biroq, Balotelli «Montsa» tarkibida faoliyatini davom ettirishini tasdiqladi.
«Menga klub prezidenti Berluskoni va bosh direktori Adriano Gallianilar imkoniyat berishgani uchun minnatdorman. Men «Montsa» klubini A Seriyaga olib chiqaman. Bunga kuchim etadi.
«Montsa»da o'ynash men uchun juda qulay bo'ladi, chunki klubning hozirgi rahbarlari – «Milan»ning sobiq funktsionerlari sanaladi, — dedi Balotelli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!