Dibala qishda "Yuventus"ni tark etadiganga o'xshaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Paulo Dibala o'zining jamoadagi o'rinidan norozi bo'lmoqda. Futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, shu sababli klubni yanvar oyida tark etish niyatida.
90min.com nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Dibalaning agenti APLning bir qator etakchi klublari bilan aloqaga chiqqan. U Dibala "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmasdan turib, APLning etakchi klublariga o'z mijozini tavsiya qildi.
Dibalaning agenti «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi» va «Liverpul» klublariga o'z mijozining xizmatlarini tavsiya qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249