"Inter"da yiliga 2 million evro maoshga rozi bo'lgan Figuga "Moskva" klubi 8 million evro taklif qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331

Moskvaning «Moskva» klubi sobiq vitse-prezidenti Yuriy Belous «Real» yarim himoyachisi Luish Figu bilan amalga oshmay qolgan transfer haqida fikr bildirdi.
«Ha, haqiqatdan ham bu voqea bo'lgan, bu hazil emas. Ushbu muzokarani men olib borgandim va barcha raqamlarni unga oshkor qilgandim. Bu adashmasam 2005 yili sodir bo'lgandi. Klub homiylari ushbu qiziqarli loyiha uchun mablag' ajratishga tayyor edi.
Men Figuga yiliga 8 million maosh va'da qildim...! U juda uzoq o'yladi. O'ylaymanki, uning uyqksiz tunlari juda ko'p bo'lgan, chunki, u yiligi 2 million evroli maoshga «Inter» klubiga o'tgandi. Figu bizning taklifga rad javob berish uchun shaxsan Moskvaga kelgandi», – deya xotirlaydi Belous.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274