Veynaldum: "Avvallari bizni faqatgina zahiradagi futbolchilar qo'llab-quvvatlayotgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

Angliyaning «Liverpul» klubi yarim himoyachisi Jordjino Veynaldum APL doirasida «Vulverxempton» (4:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Stadionga muxlislarning tashrifiga ruxsat berilganini eshitganimizdan so'ng, butun jamoa xursand bo'ldi. Ularning qaytishi juda ajoyib ish bo'ldi.
Bugungi bahs chempionlik uchun o'yin bo'ldi deb ayta olmayman. Jamoa bardoshli o'ynadi, bizning pozitsion o'yinimiz juda yaxshi bo'ldi va ajoyib gollar kiritdik.
G'alaba qozonishimizda muxlislar yaqindan yordam berishdi, chunki ular o'yin mobaynida bizga muxlislik qilishdi. Avvallari bizni faqatgina zahira o'rindig'idagi futbolchilar qo'llab-quvvatlashardi», – dedi Veynaldum.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279