A seriya. «Milan» safarda «Sampdoriya»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

Italiya chempionatining 10-turi doirasida «Milan» safarda «Sampdoriya» klubi mehmoni bo'lib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Birinchi bo'lim so'ngida Kessie penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 77-daqiqada Kastilexo farqni 2taga oshirdi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida mezbonlar bitta javob to'pini kiritishdi.
«Milan» ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 26taga etkazib oldi. Ikkinchi pog'onadagi «Inter» esa peshqadamdan 5 ochko ortda qolmoqda.
A seriya, 10-tur
Sampdoriya – Milan 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Kessie, 0:2 – 77 Kastilexo, 1:2 – 82 Ekdal.
Sampdoriya – Audero, Audjello (Leris, 82), Ferrari, Bereshinski (Kolli, 20), Tonelli, Torsbyu, Yankto (Damsgor, 46), Adrien Silva (Ekdal, 46), Kandreva, Gabbyadini (la Gumina, 57), Kualyarella.
Milan – Donnarumma, Gabbiya, Teo, Kalabriya, Romanoli, Salemakers (Kastilexo, 76), Tonali, Braim Dias (Xeuge, 46), Chalxanoglu (Krunich, 90), Rebich, Kessie.
Ogohlantirishlar: Kessie (5), Adrien Silva (26), Yankto (45).

Bosh sahifaga
512