Lopetegi EChL oldidan bir qator futbolchilariga dam berishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Andalusiyaliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «Renn»ga qarshi bahs oldidan kuch tejab qolishni maqsad qilgan.
Xabarlarga ko'ra, u jamoa sardori Xesus Navas va yarimhimoyachi Xoan Xordanlarni Ispaniyada qoldirish niyatida. Munir el Haddadi esa jarohati sabab maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'lgan. Shuningdek, darvozabon Tomash Vatslik ham hali jarohatidan forig' bo'la olmagan. Serxio Eskudero va Markus Akunyalarga ham dam olish imkoniyati berilgan.
Eslatib o'tamiz, «Sevilya» Chempionlar ligasida muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Bahs esa 9 dekabr sanasida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208