«Inter» braziliyalik forvard uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Milanliklar Braziliyaning «Fluminense» klubi hujumchisi Markos Paulo o'yinlariga qiziqib qolishgan.
Taniqli jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, Markosning shartnoma muddati kelasi yil yozda yakuniga etadi va «neradzurri» rahbariyati uni tezroq qo'lga kiritish niyatida. Muzokaralar qishda olib borilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2001 yilda tavallud topgan futbolchi uchun da'vogarlar ro'yxatida "Barselona" ham bor.
Ma'lumot uchun, Paulo o'z klubida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1+2 natijani qayd etgan.
Manba: soccernewsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212