Brunu Fernandesh golli vaziyatlar yaratish borasida Evropada eng yaxshi natija qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 489

«Manchester Yunayted» Angliya Premer Ligasining 11-turi doirasida kechgan 5 dekabr kungi o'yinda «Vest Hem»ni mag'lubiyatga uchratdi (3:1).
Mazkur bahsda «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh o'zining yorqin o'yini bilan ajralib turdi. 26 yoshli portugaliyalik futbolchisi Premer Liga 2020/21 yilgi mavsumida 35 ta golli vaziyat yaratdi. Bu top-5 ligalar futbolchilari orasida hozircha eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi.
Brunu 2020 yilning yanvarida «Sporting»dan «Manchester Yunayted» safiga kelib qo'shilgandi. Manchesterliklar uni 55 million evro evaziga sotib olgandi.
Joriy mavsum 26 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 16 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
208