Myuller: «Jamal uchun xursandman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

«Qizillar» faxriysi Tomas Myuller o'z jamoadoshi Jamal Mucialaning so'nggi o'yinlaridan ko'ngli to'q.
«Men Jamal uchun xursandman. U kabi yosh o'yinchilar maydonga tushganida ularning harakati ko'pincha qolgan katta sheriklariga qarab ochiladi. Bu tajriba bilan ma'lum. Lekin Jamal o'zini allaqachon hammaga ko'rsatib qo'ydi. Demak, uni imtihondan o'tdi deb hisoblasak ham bo'laveradi. Faqat potentsialini yo'qotib qo'ymasligi uchun unga ko'proq o'yin amaliyoti kerak», - deydi Myuller.
Eslatib o'tamiz, Muciala kecha «Leiptsig»ha qarshi muhim bahsda zaxiradan maydonga tushib bitta gol urishga erishdi. Unda hozircha «Bavariya» libosidagi 13 ta o'yinda 3 ta gol mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211