Davron Fayzievdan anons: "Qizil hududdagi och bo'ri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Angliya chempioni "Liverpul" o'z formasini deyarli tiklab oldi. Shifokorlar kuzatuvidagilar ham kamaygan. Ba'zida ochko yo'qotish esa APL uchun normal holat. "Liverpul" jadvalda "Tottenxem" bilan ochkosi teng. Klopp bosim qilishni boshlagan. Uyog'iga qoqilishlar kamroq bo'ladi nazarimda.
"Vulverxempton"da teskarisi. Diogu Jotaning Liverpulga ketishiga yo'l qo'ygach, Nunu Santu uning o'rnini to'ldirolmadi. O'tgan turda esa etakchi Raul Ximenes jarohat oldi. Bundan kelib chiqib, bugun "Vulvs" himoyadan o'ynaydi. Chunki xujumda Traore buqadek kuchi bo'lsa ham yolg'iz o'zi qiynaladi.
"Liverpul" "Enfild"da favorit, deymiz-u, APL taxminlarni umuman tan olmaydigan liga ekanligini unutmaymiz. Eng havfli bo'ri bu och bo'ri. Efirda suhbatni davom ettiramiz.
00:15 Futbol tv Live
"Liverpul" - "Vulverxempton"

Bosh sahifaga
562