«Atletiko» va «Milan» o'zaro o'yinchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 636

"Atletiko" klubi "Milan" yarim himoyachisi Samuel Kastilexoga qiziqish bildirmoqda.
MilanLive tarqatgan xabarga ko'ra, "matraschilar" qishki transfer paytida ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi. Ammo madridliklarda transferni amalga oshirish uchun pul yo'q. Shu bois, ular o'z yarim himoyachisi Stefan Savichni Kastilexoga almashish variantini taklif qilishmoqchi.
29 yoshli futbolchi Savich joriy mavsumda 13ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, 25 yoshli Kastilexo 13ta o'yinda 2ta gol va bitta assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
563