Mbappening «PSJ» safidagi gollari soni 100taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

5 dekabr, shanba kuni Frantsiya chempionatining 13-turi doirasida «Monpele» — «PSJ» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda parijliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Parijliklarning uchinchi goli hujumchi Kilian Mbappe hisobiga yozildi. 21 yoshli futbolchi uchun bu "Pari Sen-Jermen" safidagi yuzinchi gol bo'ldi. Natijada Mbappe klub to'purarlari ro'yxatida Dominik Roshtoga tenglashib, 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Edinson Kavani etakchi hisoblanadi. Urugvaylik o'yinchi jamoa tarkibida 200ta gol urgan. Zlatan Ibrahimovich (156) ikkinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, uchinchi pog'ona Pedru Pauleta (109)ga tegishli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215