"A" Seriya. Turin derbisida mezbonlar kichik kambek amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 487

Italiya chempionatining 10-turidan o'rin olgan "Yuventus" va "Torino" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Turin derbisida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 9-daqiqasida Nkulu burchak to'pidan so'ng hisobni ochdi. Birinchi bo'limda jamoalar boshqa gol ura olishmadi.
Ikkinchi bo'limning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Makkenni Kuadradoning uzatmasidan so'ng hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada Bonuchchi ikkinchi qavatda baland sakrab bosh bilan darvozani ishg'ol qildi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Yuventus – Torino 1:1
Gollar: 0:1 – 9 Nkulu, 1:1 – 77 Makkenni.
Yuventus – Shchensnii, Danilo (Aleks Sandro, 71), Bonuchchi, de Ligt, Kulusevski (Remzi, 57), Kuadrado, Rabo (Makkenni, 71), Bentankur, Keza, Ronaldu, Dibala.
Torino – Sirigu, Singo, Voynovich, Rodriges, Ansaldi, Meyte, Linetti, Rinkon, Nkulu, Belotti, Dzadza (Lukich, 75).
Ogohlantirishlar: Kulusevski (51), Voynovich (70), de Ligt (72), Lukich (76).

Bosh sahifaga
176