Saymanov: «O'runov «Rubin»da o'yin amaliyotiga ega bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358

«Rubin» bosh direktori Rustem Saymanov jamoasining «Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runovga qiziqayotganini aytib o'tdi.
«Gazizovning so'zlarini tasdiqlashim mumkin. «Rubin» O'runovning transferi bo'yicha «Spartak»ga rasmiy taklif yubordi. Oston «Ufa»da o'ynayotgandayoq unga qiziqish bildirgandi va o'shanda boshqirdistonliklarga taklif yuborgandik. O'runov «Spartak»da baribir o'ynamayapti. Shu bois, biz yana taklif bilan chiqdik. Bu shunchaki taklif emas, u «Rubin»ga kerak.
19 yoshli futbolchiga o'yin amaliyoti kerak. U «Rubin» tarkibida o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. O'runov hozirdanoq «Rubin»da o'ynayotgan bo'lardi», — dedi Saymanov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223