O'runov yanvarda boshqa jamoaga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

Rossiyaning «Rubin» klubi «Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runovga qiziqish bildirmoqda.
«Biznes Online» tarqatgan xabarga ko'ra, qozonliklar o'zbekistonlik futbolchining transferi borasida rasmiy so'rov yuborishdi. Shuningdek, 19 yoshli o'yinchiga qiziqish bildirayotganini qozonliklar sport direktori Oleg Yarovinskiy ham tasdiqladi.
«Rubin» yanvar oyidayoq O'runovni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa yozda Ostonni xarid qilmoqchi edi, ammo «Spartak» yarim himoyachini «Ufa»dan sotib olishga muvaffaq bo'lgan edi.
O'runov joriy mavsumda Rossiya premer-ligasi doirasida 6ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
445