"Milan" sardori: «Yana shuncha o'yinda maydonga tushishga tayyorman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453
«Milan» futbolchisi Alessio Romanolli Evropa Ligasi doirasida «Seltik»ka qarshi maydonga tushdi va o'zining klubdagi yubiley 200-uchrashuvini o'tkazdi. Hozir u o'zining jamoadagi kelajagiga ishonch bilan qaramoqda.
"Milan»da o'ynayotganimdan xursandman. Bu erda kareramning eng qiziqarli lahzalarini o'tkazyapman. Hozirda oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz va buni bajarish uchun bizda barcha imkoniyatlar etarlicha. Ko'rib turganingizdek, murabbiy klubni avvalgi shonli davrlariga qaytarmoqda. Futbolchilar ham deyarli bitta avlod vakilari va bir birlarini yaxshi tushunishadi. Men yana shuncha (200) o'yinda maydonga tushishga tayyorman", - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Romanolli "rossonerilar" safiga 2015 yil "Roma"dan kelib qo'shilgan edi.