Rivaldo: « Ular g'aroyib tandem bo'lgan bo'lar edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
Sobiq futbol afsonalaridan biri Rivaldo Messi borasidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.
«Men Neymarning bu gapni tasodifan aytib yuborganiga ishonmayman. U Messi bilan avval ham o'ynagan va barchasini uzoq hisoblab keyin gapirgan. Darhaqiqat, ayni paytda Neymarga Messi etishmayapti va Messiga ham Neymardek sherik zarur. Ular g'aroyib tandem bo'lgan bo'lar edi. Leo faoliyatini Parijda tugatishi har tomonlama chiroyli yakun», - deydi Rivaldo.
Ma'lumot uchun, bundan avvalroq Neymarning Messini o'z jamoasiga chaqirayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!