«Inter» futbolchisiga yangi shartnoma taklif etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

Milanning «Inter» klubi o'ng qanot himoyachisi Danilo Dambrozio tez orada klubi bilan yangi shartnomaga imzo chekishga yaqin turibdi.
Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Lekin shartnomaning to'liq shartlari hali ommaga ochiqlanganicha yo'q. Biroq «neradzurri» rahbariyati italiyalik futbolchiga yuqori ishonch bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dambrozioning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. U «Inter»ga 2014 yilda «Torino»dan kelib qo'shilgan bo'lib, shu paytgacha klub safida 219 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 19 gol, 17 assistni qayd etgan.
Manba: football ItaliaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
408