«PSJ» bosh murabbiyi Neymar, Mbappe va Verratiga dam berishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 691

«PSJ» hujumchilari Neymar, Kilian Mbappe va yarim himoyachisi Marko Verratti Frantsiya chempionatining 13-turi doirasida «Monpele»ga qarshi bo'ladigan o'yinda ishtirok etishmaydi.
Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan «Istanbul Bashakshehir»ga qarshi o'yin arafasida ushbu futbolchilarga dam berishga qaror qildi. Bu haqda "Le Parisien" xabar tarqatdi.
EChL "N" guruhidan o'rin olgan «PSJ» — «Istanbul Bashakshehir» bahsi 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi. So'nggi tur oldidan ushbu guruhda «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Leyptsig» jamoalari 9 ochkodan jamg'arishgan.
Liga-1ning 13-turi doirasida «Monpele» — «PSJ» uchrashuvi esa 5 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
235