"Manchester Yunayted" endi Raboga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

Turinning «Yuventus» klubi markaziy yarim himoyachisi Adrien Raboga Angliyaning «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish bo'lmoqda.
Calciomercato portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 25 yoshli Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisini "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.
O'z navbatida futbolchini "Yuventus" klubidagi tutgan o'rni qoniqtirmayapti va o'yin amaliyotisiz qolib ketishni xavotir olmoqda. Shu sababli, Rabo qishki tranfer oynasida jamoani tark etish niyatida.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Yuventus» yarim himoyachisining agenti «Manchester Yunayted» bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229