"Arsenal" 30 millionga sotib olgan futbolchisidan yanvar oyida qutulmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

Londonning «Arsenal» klubi yozda Frantsiyaning «Sent-Eten» himoyachisi Vilyam Salibani Evropaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida o'z safiga qo'shib olgandi. Ushbu transfer uchun londonliklar 30 million funt ham sarf qilishgandi.
Biroq, futbolchi "Arsenal" klubiga ko'chib o'tganidan beri, hali biror marotaba ham APL doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushmadi. Hattoki, uni Evropa Ligasi uchun ro'yxatdan ham o'tkazishmadi.
Angliya matbuotining yozishiga qaraganda, «Arsenal» Salibani yanvar oyida ijaraga berib yuborish variantini ko'rib chiqmoqda. Londonliklar futbolchi Chempionshipga ko'chib o'tishini xohlamoqda. Ularning fikricha, futbolchiga Britaniya futbolidagi qiyin o'yin tajribasi etishmayapti. O'z navbatida, Saliba ham unga bo'layotgan munosabatni tushunmayapti va Frantsiya chempionatiga qaytib ketishga qarshi emasligini yashirmayapti.

Bosh sahifaga
259