"Lids" ustozi: "Chelsi" bilan bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Angliyaning "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa APL doirasida Londonning "Chelsi" klubiga qarshi "Stemford Brij"da bo'lib o'tadigan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Angliya chempionatidagi har bir uchrashuv klubimiz uchun muhim. Bizda har qanday jamoalarga qarshi o'yinimizda muammolarga duch kelyapmiz va o'yin davomida echim izlashimizga to'g'ri kelyapti. "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda biz noxush holatlarga duch kelishimizga shubham yo'q.
Frank Lempard murabbiy sifatida ishlagan qisqa vaqt ichida allaqachon ko'plab yosh iste'dodlarni ochib berishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu mavsum boshlanishidan oldin u tarkibdagi ko'plab pozitsiyalarni kuchaytirdi. Ularning xarid qilgan futbolchilari "aristokratlar" futboliga qanchalik mos tushgani sezilib turibdi. Bizni juda qiziqarli jang kutayotganiga shubha qilmayman", - ta'kidladi Marselo Belsa.

Bosh sahifaga
261