Bundesliganing yangi mavsumi qachon boshlanishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251

Germaniya futbol ligasi saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Bundesliganing 2021/22 yilgi mavsum taqvimi deyarli tayyor.
Rejaga ko'ra, yangi chempionatning birinchi tur o'yinlari 2021 yilning 13-15 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Qishki tanaffus 17-19 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan 17-turdan so'ng bo'ladi. Tanaffusdan so'ng, musobaqa 7 yanvardan boshlanadi va chempionatning so'nggi turi 14 may kuni bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Germaniya Kubogi o'yinlari 6-9 avgust, yarim finallar esa 19-20 aprel va final bahsi 21 may kuni Berlin shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260