Mourino Keyn haqida tafsilot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280

"Tottenhem" ustozi Joze Mourino klub hujumchisi Harri Keyn jarohati borasida ma'lumot berdi.
"Uning qachon safga qaytishi borasida aniq bir nima deya olmayman. Keyn hozir maksimal darajada muolaja qilinmoqda. Shuning uchun uni jiddiy holatda deb aytmagan bo'lardim. Sizni u ertadan mashg'ulotlarda qatnashadi deb ishontirmoqchi emasman. Lekin bosh shifokor bilan muntazam aloqada bo'lib turibman. Uning aytishi bo'yicha Harri yakshanbagacha tiklanadi", - deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi avvalroq olgan jarohati bois "Lask"ka qarshi bahsni o'tkazib yubordi va uning yakshanba kungi London derbisida maydonga tushishi ham so'roq ostida turganligi aytilayotgan edi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155