Andrey Shipilov: "Bugun ikki-uchta o'yinga etarli vaziyatlar yaratgandik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Mash'al" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o'z fikrlarini bildirdi.
"Chempionatning so'nggi turida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Tezkor gol o'tkazib yubordik, keyin o'zimizga kelgandek bo'ldik. Gollar urish uchun ko'plab vaziyatlar yaratdik, afsuski butun mavsumda bo'lgani kabi foydalana olmadik. Menimcha bugun ikki-uchta o'yinga etarli vaziyatlar yaratgandik. Shunday bo'lib turadi, bu hayot, bu futbol. "Mash'al"ni g'alaba bilan tabriklayman.
Oldinda O'zbekiston kubogi bahslari kutib turibdi. Kubokda uzoqroqqa borishga harakat qilamiz", - deydi Shipilov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160